Plastik karta yordamida COVID-19 dan saqlaning
Koronavirus ko'plab muammolarni aniqladi: virus infektsiyasini o'rganishda virusologlar ilgari ahamiyat berilmagan infektsiyaning yuqish yo'llarini topdilar.
Xuddi shu narsa pulga ham, naqd pulsiz to'lovlarga ham tegishli.
Virusologlarning fikriga ko'ra, qog'oz banknotlarda virusning umr ko'rish muddati 3-4 kun.
Dunyoda yangi koronavirusning tarqalishi pandemiyaga aylanganligini inobatga olgan holda, faqatgina bir qo'lda bo'lgan shaxsiy bank kartasidan foydalanishning afzalligi juda katta bo'lib qoldi.
Birinchidan: Plastik kartani shikastlanishidan qo'rqmasdan, har qanday alkogolli suyuqlik yordamida osongina zararsizlantirilishi mumkin.
Ikkinchidan: Savdo va xizmat ko'rsatish korxonalarida bank kartasi bilan to'lovni amalga oshirib, vaqtingizni tejashingiz mumkin. Hisoblash qiyin emaski, naqd pul bilan hisob kitob qilish kamida 30 - 40 soniya vaqtingizni olsa (keraklik kupyurani tanlash va qaytimini topib berishga), karta bilan sotib olish 10 soniyadan ko'p bo'lmagan vaqtni oladi. To'lov uchun HUMO to'lov tizimining kartasi kabi kontaktsiz to'lov texnologiyasini yoki NFC tizimini qo'llab-quvvatlaydigan bank kartasidan foydalanish eng xavfsizdir. Kontaktsiz to'lovlarni qo'llab-quvvatlaydigan HUMO kartasidan foydalanganda, kartani supermarketda, yoqilg'i quyish shaxobchasida, yoki dorixonada kassirga berishning hojati yo'q. Karta har doim siz bilan qoladi, bu virusni yuqtirish xavfini kamaytiradi.
Uchinchidan: kredit kartadan foydalanib, uyingizdan chiqmasdan Internet do'konlarda xaridlar qilishingiz, kommunal to'lovlarni to'lash, uyga taom, oziq-ovqat va boshqa tovarlarni etkazib berishga buyurtma berish mumkin.
To'rtinchidan: Banklarning yoki boshqa to'lov operatorlarining mobil ilovalaridan foydalangan holda siz kartangizning balansini nazorat qilishingiz, xarajatlaringiz tarkibini tahlil qilishingiz, pulingizni yaqinlaringizning kartalariga o'tkazishingiz va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.
Ammo, yuqorida qayd etilgan afzalliklarga va bank kartalaridan foydalanish xavfsizligiga qaramay, himoya choralarini unutmaslik kerak. Chunki bankomatlar, bank terminallari va supermarketlarning kassalarida bank kartasi PIN-kodini kiritganingizda, virus yuqishi xavfi mavjud. Shuning uchun, o'zingizni va yaqinlaringizni himoya qilish uchun siz quyidagi qoidalarga amal qilishingiz kerak.
1. Agar siz hisob-kitob paytida naqd pul yoki kredit kartangizdan foydalansangiz, qo'llaringiz bilan yuzingizga tegmang;
2. Plastik kartalaringizni imkon qadar tez-tez dezinfektsiya qiling;
3. Qo'llarni yaxshilab yuvib tashlang va qo'llarni dezinfektsiya qiling;
4. Telefonlarni / smartfonlarni dezinfektsiyalash vositasi bilan dezinfektsiyalashni unutmang.