Jong Seon Kim

Bank Boshqaruv Raisi

Hurmatli mijozlar va mushtariylar,

Ushbu bilan Siz azizlarga bizni davomiy qo‘llab-quvvatlab, o‘z ishonchingizni bildirib kelayotganingiz uchun samimiy minatdorchiligimni bildiraman. 

KDB Bank O‘zbekiston mamlakatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi tijorat banki sifatida qariyb 25 yildan buyon o‘z mijozlariga keng qamrovli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Bank O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va mamlakat moliya bozorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyati va vazifalarini KDB Financial Group ning uzoq yillik tajribalariga, hamda moliya sohasini keng qamrovli tahlil etishga tayangan holda amalga oshirib kelmoqda. 

Bank tashkil etilganidan (1997) boshlab xorijiy va maxalliy invetitsiyalar asosida tashkil etilgan korporativ mijozlarga muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan so‘ngi yillarda Bank mijozlarning masofaviy xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida Raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishga o‘z diqqatini qaratgan.

Joriy faoliyat natijalari KDB Bank O‘zbekistonni mamlakatdagi tijorat banklari orasida eng yuqori xalqaro reytingni (S&P dan “BB-”) o‘zida saqlab turishiga sabab bo‘lmoqda.

Bankimiz o‘z mijozlarining murakkab va nozik talablarini anglab etuvchi shijoatli, yuqori malaka va xalqaro tajribaga ega bo‘lgan xodimlariga ega.

Mijozlarimizga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish darajasini doimiy saqlab turish maqsadida biz o‘z xodimlarimizning kasbiy salohiyatlarini oshirib borishlariga katta ahamiyat qaratamiz, hamda ularga g‘amxo‘rlik qilamiz.

Faoliyatimiz davomida biz doimo mijozlarimiz va Bankimiz uchun ikki tomonlama foydali va biznes rivojiga sabab bo‘luvchi uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini topish uchun harakat qilib kelmoqdamiz.

Fursatdan foydalangan holda Bank raxbariyati qadrli bo‘lgan barcha mijozlarga bildirilgan ishonch uchun chuqur minnatdorchilik izhor etgan holda, Bankimiz xizmatlaridan foydalanib o‘z biznesini rivojlantirish niyatida bo‘lgan yangi mijozlar uchun eshiklarimiz keng ochiqligini bildiramiz. Biz qadrli mijozlarimiz uchun yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish yo‘lida bor ikoniyatimizni sariflashga tayyormiz.

Hurmat va ehtirom bilan,

KDB Bank O‘zbekiston Boshqaruv raisi