Hurmatli mijoz!
“KDB Bank O‘zbekiston” AJ Boshqaruvi bankning mijozlar bilan ishlash bo‘linmalari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida ushbu so‘rovni tashkil etmoqda. So‘rov anonim holda o‘tkaziladi, ismi-sharifingizni ko‘rsatishingiz shart emas. Sizning fikringiz umumlashtirilgan tarzda ko‘rib chiqiladi va bank faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Berilgan savollarga samimiy javob berasiz degan umiddamiz.