Dastavval nomzodlardan o'z rezyume (qisqacha tarjimai hol) larini bosh ofis yoki bank filiallari xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga elektron pochta yoki shaxsan taqdim etish talab etiladi. Shundan so'ng, bizning talablarga javob bergan nomzodlar intervyu, ya'ni suhbatga chaqiriladi. Shuningdek, ularning ko'rilayotgan lavozimga layoqati turli sinov va psixologik testlar orqali tekshirilishi mumkin. Agarda nomzod bir qator menedjerlar suhbatidan o'tsa, u yakuniy suhbat uchun Boshqaruv raisi huzuriga chaqiriladi. Vakansiya uchun talab etiladigan tegishli malaka va ko'nikmalarga ega, ilg'or fikrlaydigan hamda intiluvchan nomzodlar KDB Bank O'zbekistonda ishlashga taklif etiladilar.