USHBU SAYTGA KIRISH YOKI XIZMATLARIDAN FOYDALANISH ORQALI SIZ USHBU FOYDALANISH SHARTLARI BILAN CHEGARALANISHGA ROZILIK BILDIRASIZ. AGAR USHBU FOYDALANISH SHARTLARI BILAN ROZI BO'LMASANGIZ, ILTIMOS, USHBU SAYTGA KIRMANG.
Siz hozirda "KDB Bank O’zbekiston" AJ ("KDB Bank") ning kdb.uz veb-sayti sahifasini yoki unga tegishli veb-saytni ("Sayt") ko'rmoqdasiz. Ushbu Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati ("Foydalanish shartlari") Saytga kirish va undan foydalanishni, shu jumladan Saytda yoki Sayt orqali taqdim etiladigan har qanday ma'lumot, funksionallik va xizmatlarni ("Xizmatlar") boshqaradi. "Siz" va "Sizning" so’zlari saytga yoki xizmatlarga kiradigan yoki undan foydalanadigan har qanday shaxsni anglatadi.
KDB banki ushbu Foydalanish shartlarini istalgan vaqtda ogohlantirishsiz o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ushbu Foydalanish shartlariga kiritilgan har qanday o'zgartirish Saytda ushbu yangilangan Foydalanish shartlari joylashtirilgandan so'ng kuchga kiradi. Foydalanish shartlarining eng so'nggi versiyasi Sayt ostidagi havolani bosish orqali sizga taqdim etiladi.
Tovar belgilari, mualliflik huquqlari va ulardan foydalanishdagi cheklovlar.
Xizmatlarga tegishli bo’lgan barcha savdo belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, firma nomlari, firma uslubi va ular bilan bog’liq bo’lgan intelektual mulk huquqlari "KDB Bank O’zbekiston" AJning mulki hisoblanadi. Siz "KDB Bank O’zbekiston" AJning oldindan roziligisiz "KDB Bank O’zbekiston" AJning biron-bir savdo belgisidan foydalanishingiz, ko'paytirishingiz yoki namoyish etishingiz mumkin emas.
Sayt va undagi ma’lumotlar, xususiyatlari va funktsional imkoniyatlari (shu jumladan, barcha veb-sahifalar, foydalanuvchi interfeysi, ma'lumotlar, dizayn, dasturiy ta'minot, manba kodi, matn, displeylar, grafikalar, rasmlar, videolar va audio yozuvlar) "KDB Bank O’zbekiston" AJga tegishli bo’lib, "KDB Bank O’zbekiston" AJ tomonidan nazorat qilinadi yoki litsenziyalanadi, hamda xalqaro mualliflik huquqi, savdo belgisi, patent, tijorat sirlari va boshqa intelektual mulk yoki mulkiy huquqlar yuzasidan qonunchilik bilan himoyalangan. Ushbu Foydalanish shartlarida aniq belgilab qo'yilgan hollardan tashqari, siz "KDB Bank O'zbekiston" AJning oldindan yozma roziligisiz nusxa ko'chirishingiz, namoyish etishingiz, tarqatishingiz, uzatishingiz, tayanishingiz, ko'paytirishingiz, o'zgartirishingiz, litsenziyalashingiz, qayta ishlashingiz, yo bo’lmasa butun saytni yoki uning bir qismini tijorat yoki jamoatchilik maqsadlarida qayta nashr etishingiz mumkin emas. Balki, saytda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni axborot maqsadida ko'rishingiz mumkin. Saytdan ma’lumotlarni (dasturiy ta'minot yoki manba kodlaridan tashqari) faqatgina o’z shaxsiy yoki ichki faoliyatingiz uchungina yuklab olishingiz mumkin. Siz veb-saytdan dasturiy ta'minotni yoki manba kodini "KDB Bank O’zbekiston" AJ tomonidan maqbul foydalanish shartlari asosida maxsus taqdim etilgan taqdirda yuklab olishingiz mumkin. Siz veb-saytdan materiallarni yuklab olish orqali har qanday turdagi mulkiy huquqlarga ega bo'lmasligingizni tan olasiz va rozilik bildirasiz.
Siz xizmatlardan, shu jumladan Saytdagi xizmatlardan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishingiz mumkin va siz ushbu xizmatlardan joriy mamlakat qonunchiligi, yoki xalqaro qununchilik talablariga zid maqsadlarda foydalanmaslikka rozilik bildirasiz
Mualliflik huquqiga oid da'volar
Agar siz saytda mavjud bo'lgan materiallar sizning mualliflik huquqingizni buzayotganiga vijdonan ishongan bo'lsangiz, siz (yoki sizning agentingiz) KDB Bankdan materialni olib tashlanishi, yoki unga kirishni taqiqlash to'g'risida xabarnoma yuborishingiz mumkin.
Uchinchi tomon saytlari yoki ma’lumotlariga havolalar
Saytda uchinchi shaxslar tomonidan nazorat qilinadigan yoki taklif qilinadigan veb-saytlarga (KDB Bankning filiallari bo'lmagan) havolalar bo'lishi mumkin. KDB bank ushu bilan boshqa har qanday kompaniyaning veb-saytidagi ma’lumotlari, mahsulotlari, maxfiylik siyosati, yoki xavfsizligi yuzasidan har qanday javobgarlikni rad etadi. Agar siz havolasi keltirilgan saytga murojaat etib, mavjud bo'lgan xizmatlardan foydalanishni tanlagan bo'lsangiz, siz ushbu saytga tegishli qoidalar va foydalanish shartlarini o'qishga va ularga rioya qilishga rozilik bildirasiz. Bundan tashqari, bog'langan sayt provayderlari tomonidan taqdim etiladigan har qanday maslahat, fikr, xizmat, mahsulot yoki tavsiyalar KDB Bankga tegishli emas, balki provayderlarga tegishli.
Ro'yxatdan o'tish haqida ma'lumot
Sizga Saytda ro’yxatdan o’tish taklif etilishi mumkin. Ushbu taklifdan maqsad xizmatlarni sizning shaxsiy yoki biznes-moliyaviy ehtiyojlaringizga moslashtirish, shuningdek sizning shaxsiy extiyojingiz yoki biznesingiz uchun foydali bo’lgan boshqa mahsulotlar va xizmatlar to'g'risidagi xabarnomalarni etkazib turishdir. Xizmatga ro'yxatdan o'tishda siz ro'yxatdan o'tish ekranlarida talab qilganidek o’zingiz va biznesingiz to'g'risida aniq, to'g'ri, dolzarb va to'liq ma'lumotlarni taqdim etishga rozilik bildirasiz. Sizga qulaylik sifatida siz yoki sizning biznesingiz uchun profil siz taqdim etgan ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari asosida yaratilishi mumkin.
Maxfiylik
Saytga yoki xizmatlarga kirish, yoki undan foydalanish orqali KDB bank sizga tegishli shaxsiy, yoki boshqa ma’lumotlarni, shunigdek siz saytga, yoki xizmatlarga kirish uchun foydalanadigan qurilmangiz haqidagi ma'lumotlarni to'plashi va saqlashi mumkinligini tushunasiz va rozilik bildirasiz.
Fikr-mulohaza
Siz ushbu sayt orqali KDB bankining har qanday mahsuloti va xizmatlari bilan bog'liq ravishda yuborgan barcha takliflaringiz, fikr va mulohazalaringiz ("Fikr-mulohaza") maxfiy emas deb hisoblanishiga rozilik bildirasiz. Alohida kelishilgan yoki qonun talab qilgan holatlar bundan mustasno.
Onlayn arizalar
Sayt orqali KDB Bankning mavjud mahsulotlari yoki xizmatlariga (masalan, kreditga arizal yoki ipoteka kreditlari kabi) onlayn arizalar topshirishda KDB Bank sizga onlayn arizani to'ldirish paytida berilgan aloqa ma'lumotlariga javob yuborishi mumkin.
Zararni qoplash
Siz, yoki sizning xodimingiz, yoki agentingiz tomonidan ushbu Foydalanish shartlarini buzilganligi, Xizmatlardan yoki Saytdan noto'g'ri foydalanilganligi, yoki suiiste'mol qilinganligi sababli kelib chiqadigan barcha zararlar, majburiyatlar, e’tirozlar, shu jumladan advokatlar uchun harajatlardan KDB Bankni (va uning barcha to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita filiallarini) va ularning har bir tegishli direktorlarini, mansabdor shaxslarini, ishchilarini, agentlarini, vorislarini himoya qilishga, zararni qoplashga va xavfdan asrashga rozilik bildirasiz.
Qonunchilikni qo’llanilishi
Ushbu Foydalanish shartlari siz va KDB banki o'rtasida O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solingan shartnomani tashkil etadi. Agar ushbu Foydalanish shartlarining biron bir shartlari yoki qoidalari ijro etilishi mumkin emas deb topilsa, qolgan shartlar va qoidalar o’z kuchida qoladi va bajarilishi mumkin bo’lmagan shartlar o’rniga ushbu shartlar maqsadiga yaqin keluvchi boshqa shartlar bilan almashtiriladi. Ushbu Foydalanish shartlari Sizning KDB Bank bilan tuzgan boshqa har qanday shartnomalaringiz bilan tartibga solinadi.
Sayt O'zbekiston Respublikasida joylashgan. Agar siz ushbu Saytga O'zbekiston Respublikasining tashqarisidan kirayotgan bo'lsangiz, o'zingizning mahalliy qonunlaringizdan, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, ulardan foydalanish va oshkor qilishni tartibga soluvchi qonunlardan farq qilishi mumkin bo'lgan qonunga bo'ysunishingiz mumkin.
Boshqalar
Sayt va uning va xususiyatlaridan samarali foydalanish uchun Sizning brauzeringiz dasturiy ta'minot plaginlari va modullaridan, shu jumladan JavaScript dan cheklovsiz foydalanishni talab qilishiga rozilik bildirasiz va uni to’liq tushunasiz.