Depozitlar va omonatlar to`g`risida Ma`lumot
Hozirgi kunda "KDB Bank O'zbekiston" AJ fuqarolardan depozitlarga foizlar hisoblash va to'lash sharti bilan pul mablag'larini jalb etmaydi.
Bank talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochadi, ular "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining №1031- sonli 2025-yil 18-fevraldagi Qonuniga muvofiq himoya kafolati ostida bo'ladi.
Qonunga ko'ra, talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi pul mablag'lari Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan sug'urtalanadi.
Qonun haqida batafsil ma'lumotni O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy veb-saytida, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, finlit.uz saytida va Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin.
Jismoniy shaxslar bankka quyidagi shartlarda foizsiz talab qilib olinguncha depozitlarni joylashtirishlari mumkin:
Mijoz o'z mobil telefoniga (mobil telefon operatori qamrab oladigan mahalliy hududda) talab qilib olingungacha omonat hisobvarag'ida amalga oshirilgan amaliyotlar va mijoz so'roviga binoan hisobvaraq qoldig'i to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, bankdan turli xil qisqa ma'lumotli xabarlarni oladi.