SWIFT Global Payments Innovation (GPI) – KDB Bank bilan xalqaro to‘lovlar tezroq va shaffofroq!
“KDB Bank O`zbekiston” AJ SWIFT Global Payments Innovation (GPI) xizmati mavjudligini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.
SWIFT GPI Bankga real vaqt rejimida xalqaro toʻlov yoʻlini kuzatish, toʻlov komissiyalari boʻyicha shaffof maʼlumotlarni olish va tranzaksiyaning yakuniy holatini koʻrish imkonini beradi.
SWIFT GPI bank va mijozlar o'rtasidagi o'zaro aloqani yaxshilash va transchegaraviy to'lovlarni amalga oshirishda qo'shimcha xizmatlarni taklif qilish, ularning quyidagi xususiyatlarini kengaytirish imkonini beradi:
• Tezlik – banklarning to‘lov zanjirida biznes jarayonlarini tezlashtirish va to‘lov holatiga aniqlik kiritish uchun ishlarni tekshirish imkoniyati.
• Zanjirdagi boshqa banklar tomonidan asosiy summadan yechib olingan taqdirda komissiya va chegirmalarning shaffofligi.
• Kuzatuvchanlik – kirim qilish tasdiqlanmaguncha real vaqt rejimida tranzaksiyani kuzatish imkonini beradi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun SWIFT Global Payments Innovation (GPI) taqdimotini yuklab oling!