Call-markaz faoliyati yuzasidan tushuntirish va izohlar

Hurmatli bank xizmatlari iste’molchilari!

Bankda isteʼmolchilar bilan telefon aloqasi orqali bogʻlanishni taʼminlovchi Call-markaz ish yuritmoqda. Call-markaz orqali isteʼmolchilarga bank faoliyati bilan bogʻliq maslahatlar va tushuntirishlar berib kelinmoqda hamda ogʻzaki shakldagi murojaatlar qabul qilinmoqda.

Call-markaz orqali tushayotgan murojaatlar ish vaqti davomida qabul qilinishidan tashqari, bank kartasi egalari karta yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani tunu kun yuborish va bank kartasini darhol blokirovka qilish imkoniyatlari bilan ta’minlangan.

Qo‘shimcha ravishda, bankning mobil ilovasi va info@kdb.uz elektron pochtasi orqali mijozlar tomonidan murojaat qoldirilishi uchun qulaylik yaratilgan bo‘lib, bu imkoniyat mijozlar uchun Call-markazda ish yuklamasi oshib ketgan paytlarda qo‘l kelmoqda.

Sizning har bir murojaatingiz bizning yanada rivojlanishimiz uchun muhim ahamiyatga egadir.