“Office.Net O’zbekiston” xizmatini ko’rsatishni bekor qilish to’g’risida

“KDB Bank O’zbekiston” AJ 2021 yil may oyidan “Office.Net O’zbekiston” xizmatini ko’rsatishni bekor qilish to’g’risida xabar beradi

“Internet Banking iDBA” masofaviy bank xizmatlari yangi tizimini ishga tushirilishi munosabati bilan Bank mijozlarni “Office.Net O’zbekiston” xizmati (qo’shimcha dasturiy ta’minot yordamida masofaviy xizmat ko’rsatish tizimi)ga ulashni to’xtatadi, shuningdek “Office.Net O’zbekiston” tizimini rivojlantirish va texnik qo’llab – quvvatlashga sarmoya kiritishni to’xtatadi.

“Office.Net O’zbekiston” tizimi xizmatidan foydalanadigan mijozlarga yangi “Internet Banking iDBA” tizimiga ulanishni tavsiya etamiz.

“Internet Banking iDBA” tizimi yordamida mijozlar yangi tizimning quyidagi afzalliklaridan bahramand bo’lishlari mumkin:

  • kengaytirilgan imkoniyatlar
  • qo’shimcha dasturiy ta’minotni talab qilmaydigan veb-yechim
  • ikki faktorli va uch faktorli autentifikatsiya qilish
  • bank xizmatlari to’lovlarining arzonligi

“Internet Banking iDBA” tizimiga ulanish uchun xujjatlar

Ro’yxatdan o’tish uchun Bankka foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish uchun Arizani (4 – Ilova) to’ldirilgan holda va Call Back Avtorizatsiyasi uchun aloqa ma’lumotlarini (2-Ilova) taqdim etishingiz lozim. Xizmatlar ko’rsatish shartlari www.kdb.uz veb-sahifasida qo’yilgan ommaviy taklif shaklida taqdim etiladi.

Agar tashkilot masofaviy bank xizmatlari “Internet Banking iDBA” oldingi versiyasidan foydalangan bo’lsa, u holda mavjud foydalanuvchi nomi va parol yangi tizimga kirish uchun mos keladi.

Yangi tizimga o’tish sabablari

“Office.Net O’zbekiston” tizimi mijozlar tomonidan talab qilinadigan yangi xususiyatlar va xizmatlarni qo’shishga imkon bermaydi va planshetlar kabi mobil qurilmalardan ishlay olmaydi.

Internet Banking iDBA yangi tizimining imkoniyatlari

  • Har qanday shaxsiy kompyuterlar, notebooklar yoki planshetlar orqali foydalanish
  • Tushunarlik interfeys
  • Masofadan turib qo’shimcha hisobvaraqlarni ochish, yopish, kartani buyurtma qilish
  • So’m va Chet el valyutasida to’lovlarni amalga oshirish
  • Chet el valyutasini sotish va sotib olish
  • Interfeysni uch tilda belgilash – O’zbek, Rus, Ingliz
  • SMS va elektron pochta orqali kirish parolini mustaqil ravishda tiklash
  • Ijro muddati bo’yicha kechiktirilgan valyutalash sana bilan to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati
  • To’g’ri to’ldirishni oldindan tekshirish funksiyasi bilan xodimlarning karta hisobvaraqlariga va korporativ karta hisobvaraqlariga pul mablag’larni kiritish uchun reyestr yuborish imkoniyati
  • To’lov shablonlarini yaratish
  • Bankkaturlixilyozmasorovlarniyuborishimkoniyati