"KDB Bank Uzbekistan" AJ Yakkasaroy filialining nomini o'zgartirish va ko'chirish

Hurmatli Mijozlar!

Sizlarga hamkorlik uchun chuqur hurmat va minnatdorchiligimizni bildirgan holda, quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun qulay shart -sharoitlar yaratish, shu jumladan, bank xizmatlari ko'lamini yaxshilash va kengaytirish maqsadida, KDB Bank O’zbekiston AJ Yakkasaroy filiali 2021 yil 30 avgustdan o’z faoliyatini quyidagi yangi manzilda boshlaydi:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko'chasi, 32-uy.

Bundan tashqari, ko’chish munosabati bilan:

• Filial nomi "Yakkasaroy"dan "Oybek" nomiga o'zgartiriladi

• Mijozlarga tegishli hisobraqamlar o’zgarishsiz qoldiriladi

• Filialga tegishli MFO, STIR va Bank hisobraqamlari o’zgarishsiz qoldiriladi

• Mijozlarga xizmat ko'rsatish ishlari uzilishlarsiz har doimgidek davom ettiriladi.

Sizga shuni ma`lum qilamizki, 2021 yil 27 avgust Juma kuni ko’chish ishlari tufayli ish kuni qisqaroq bo`ladi va filial soat 15:00 gacha ishlaydi. Sizdan shu vaqtgacha barcha to`lovlar va operatsiyalarni amalga oshirishingizni so`raymiz.

Yangi binoga ko`chirish munosabati bilan bankomatlar ham 2021 yil 26 avgustdan vaqtincha ishlamaydi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun yoki murojaatlaringiz bo'lsa, biz bilan quyidagi telefon raqami orqali bog'lanishingizni so’raymiz: 

Filial:

+99878 140-06-30 

Hisob menejerlari:

+99890 189-25-18 Choriev Musurmonkul

+99897 709-08-48 Min Lyudmila 

Bundan tashqari, www.kdb.uz saytidan ham ma`lumot olishingiz mumkin. 

Tushunganingiz uchun tashakkur va biz Sizni yangi binoda kutmoqdamiz!