Internet Banking iDBA - yangi masofaviy bank xizmatlari ilovasi

"KDB Bank O'zbekiston" AJ kompaniyalar va tadbirkorlar uchun yangi masofaviy bank xizmatlari Internet Banking iDBA ilovasini ishga tushirganligini e'lon qiladi.

Yangi Internet-Banking iDBA quyidagi xizmatlardan foydalanishga imkon beradi:

  • Milliy valyutadagi hisob-kitoblar:

      - Kontragentlar ro'yxatidan va ixtiyoriy rekvizitlar bo'yicha milliy valyutadagi to'lovlar

      - Byudjetga to'lovlar (MUNIS)

      - Tezkor to'lovlar (ANOR)

      - Tanlangan to'lovlar

      - To'lov talabnomalarini inkasso qilish va aktseptlash

  • Xorijiy valyutadagi hisob-kitoblar:

      - O'zingizning hisobvaraqlaringiz o'rtasida o'tkazmalar

      - O'zbekiston Respublikasi ichkarisida va tashqarisiga o'tkazmalar

  • Xodimlarning kartalariga ish haqini to'lash:

      - Kompaniya xodimlariga ish haqi to'lash uchun to'liq hujjatlar to'plami

      - Qabul qiluvchilar ro'yxati bo'yicha xodimlarning plastik kartalariga o'tkazish

      - Ishchilarga ish haqini o'tkazish uchun yangi kartalarni rasmiylashtirish

  • Korporativ kartalar:

      - Pul mablag'lari mavjudligi to'g'risida ma'lumaot hamda korporativ kartalar bilan operatsiyalar

      - Qabul qiluvchilar ro'yxati bo'yicha korporativ kartalarga o'tkazmalar

  • Konversiya

      - Milliy valyutani xorijiy valyutaga ayirboshlash

      - Xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash

      - Xorijiy valyutani xorijiy valyutaga ayirboshlash

  • Mablag'lar va hisoblar

      - Hisobvaraqlardagi mablag'lar to'g'risida so'ngi (aktual) ma'lumotlar

      - Hisobvaraqlar bo'yicha qulay shakldagi hisobotlar, analitik ma'lumotlar, hamda ulardagi qoldiqlar to'g'risidagi ma'lumotlar

      - To'lov hujjatlari va hisobotlarning arxivini yuritish;

  • Bankka standart va nostandart so'rov va arizalarni yuborish;
  • To'lov hujjatlarini ijro holati to'g'risida xabarnoma olish;
  • Har xil filtrlar va saralash imkoniyatlari
  • Hujjatlar va kataloglarda aqlli qidiruv
  • Zamonaviy dizayn, yoqimli interfeys

Internet-Banking iDBA-ga foydalanuvchilarni ulash:

  1. Ommaviy oferta shartlarini o'qing;
  2. 2-ilova va 4-ilovaga muvofiq to'ldirilgan shakllarni Bankka taqdim eting;
  3. Bankdan OTP qurilmasini (kalitini) kompaniyaning talablariga javob beradigan miqdorda va amaldagi kompaniya imzosi namunalari kartasini oling yoki amaldagi OTP qurilmasidan, login va paroldan foydalaning (Internet-bankingning oldingi versiyasidan foydalangan mijozlar uchun amal qiladi).