«KDB Bank O’zbekiston» AJ ning «HUMO» kartalari bilan foydali xaridlar!
Aynan Siz uchun biz «HUMO» innovatsion kartalarining imkoniyatlarini kengaytirdik, endi bunday kartalardan foydalanish yanada qulay va foydaliroq!
2020 yil 1 iyundan boshlab, har oy 1 mln so’mlik to’lovlarni amalga oshiring va umumiy to’lovlarning 1% miqdorida kafolatlangan «keshbek»ni qo’lga kiriting!
Shu o’rinda, 2020 yil 5 maydan boshlab «KDB Bank O’zbekiston» AJ «HUMO» kartalari egalari uchun Bankning bankomatlaridan naqd pul yechishda atigi 0.5% komissiya joriy etilganini eslatib o’tamiz.
Bulardan tashqari, «KDB Bank O’zbekiston» mijozlari (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) o’rtasidagi o’zaro ichki pul o’tkazmalari ham bepul amalga oshiriladi.
«KDB Bank O’zbekiston» AJ tomonidan chiqarilgan «HUMO» kartalarining boshqa afzalliklari:
- Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalarida «HUMO» kartalaridagi so’m mablag’larining naqd xorijiy valyutaga komissiyasiz konvertatsiya qilish imkoniyati
- 50,000 so’m gacha bo’lgan to’lovlarni kontaktsiz (PIN kodni termasdan) amalga oshirish imkoniyati. Korzinka.uz va Makro supermarket tarmoqlarida esa 250,000 so’mgacha!
- Multipay ilovasi yordamida boshqa kartalarga (Uzcard) pul yuborish va qabul qilish imkoniyati. O’z «HUMO» kartangizdan «Uzcard» kartangizga o’zaro pul o'tkazmalar elektron hamyon (Wallet) orqali bepul amalga oshiriladi.
- «KDB Bank O’zbekiston» AJ kassalari orqali «HUMO» kartangizdan naqd pul yechish 2020-yil 31-avgustgacha hech qanday komissiyasiz amalga oshiriladi.
Sizga qulay bo’lishi uchun biz «HUMO» kartalarini chiqarish tizimini yanada soddalashtirdik!
«HUMO» kartalarini ochish bo'yicha murojaat uchun biz bilan bog'laning.
Korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish bo’limi:
Tel: (+998 78) 140-56-73 (ichki 726) Yulduz Inogamova
(+998 78) 120-27-27 (ichki 722) Zalina Beyusova
(+998 78) 120-87-26 (ichki 724) Lobarxon Umarova
(+998 78) 120-28-26 (ichki 723) Otabek Ikramov
(+998 78) 140-56-74 (ichki 725) Feruza Muhamedjanova
(+998 78) 120-27-14 (ichki 714) Bilal Xodjamberdiyev
Shuningdek, murojaatingizni elektron pochta manzilimiz: csd@kdb.uz ga ham yuborishingiz mumkin va biz Siz bilan albatta bog’lanamiz!
«KDB Bank O’zbekiston» AJ ni tanlaganingizdan minnatdormiz!
Umumiy to’lov summasi 1 oy davomida 1 mln so’mdan ortiqni tashkil qilsa, Bank ushbu umumiy to’lov summasidan 1% (maksimum 20,000 so’m) miqdorida keshbek qaytaradi. Keshbek qaytarib berish summasi aksiya muddati doirasida, har oy oxirida karta hisobvarag'iga o'tkaziladi. Aksiya muddati checklangan bo’lib, uning tugatilishi bo'yicha ma’lumot Bankning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.