«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Yunusobod filialining yopilishi to‘g‘risida
Resurslarni optimallashtirish maqsadida 2023 yil 31 yanvar kuni «KDB Bank O‘zbekiston» AJ (keyingi o‘rinlarda - Bank) Kuzatuv kengashi Bankning Yunusobod filialini [MFO 00831] (keyingi o‘rinlarda - Filial) tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Bank Filialning barcha majburiyatlari, shu jumladan mijozlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan ham javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Filialning yopilishi munosabati bilan, Filialning barcha mijozlaridan Bankning Bosh ofisida [MFO 00842] hisobraqamlar ochishlarini so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumot yoki savollarga javob olish uchun, Filial mijozlaridan Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz: (+998) 781208743; 781208744; 781208709; 781206141; 781208780.
Hurmat bilan,
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ