Yunusobod filialining jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlari diqqatiga!
Yunusobod filialining jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlariga filial tugatilishi yuzasidan qo‘shimcha ma‘lumot.
Joriy yilning 10 fevral kuni «KDB Bank O‘zbekiston» AJ (keyingi o‘rinlarda - Bank) o‘zining rasmiy veb-sahifasi orqali Bankning Yunusobod filiali [MFO 00831] (keyingi o‘rinlarda - Filial) tugatilayotganligi haqida ma‘lum qilgan edi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Bank Filialning barcha majburiyatlari, shu jumladan mijozlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan ham javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Bank tomonidan Sizning oldingizdagi majburiyatlar to‘liq bajarilishini ta‘minlash maqsadida, Sizning hisobraqamingiz va undagi mablag‘lar yopilayotgan Filialdan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro ko‘chasi, 3 uy manzilida joylashgan Bankning Bosh ofisiga [MFO 00842] o‘tkazilishi lozimligini ma‘lum qilamiz.
Hisobraqamingiz va undagi mablag‘larni Bankning Bosh ofisiga ko‘chirish yoki mablag‘larni Filialning kassasi orqali yechib olish ishlarini 2023 yilning
14 apreliga qadar Filialga tashrif buyurgan holda amalga oshirishingiz mumkin.
Yuqorida qayd etilgan muddatga qadar Filialga tashrif buyura olmasangiz, Sizga qulaylik yaratish maqsadida, Bank tomonidan Bosh ofisda Sizning nomingizga yangi hisobraqam ochiladi va mablag‘laringiz ushbu hisobraqamga ko‘chirib o‘tkaziladi.
2023 yilning 17 aprelidan boshlab, bank xizmatlaridan foydalanish maqsadida Bankning Bosh ofisiga murojaat qilishingiz lozim bo‘ladi.
Qoʻshimcha ma‘lumot olish uchun yoki savollaringiz boʻlsa, Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz: (+998) 781208743; 781208744; 781208709; 781206141; 781208780.