“O’zbekiston mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondiga o'tkazmalar

Hurmatli Mijozlar!

Butun dunyo pandemiyaga uchragan bir vaqtda, o’zbek xalqiga xos bo’lgan saxiylik va bag’rikenglik, beg’araz yordamda namoyon bo’ladi. COVID-2019ga qarshi kurash doirasida “O’zbekiston mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etildi.

Jamoat fondidan olingan mablag’lar, koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va qisqa muddat ichida uni yo’q qilish uchun sarflanadi.

“KDB Bank O’zbekiston” AJ ning Mijozlari bankimizning MultiPay mobil ilovasidan foydalangan holda “O’zbekiston mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondi hisobvarag’iga mablag’ o’tkazish orqali o’z hissalarini qo’shishlari mumkin.