Valyuta mablag‘larini avtomatik konvertatsiya qilish funksiyasining joriy etilishi haqida xabar

Hurmatli mijozlar,

“KDB Bank O‘zbekiston” AJ 2025-yil 10-noyabr boshlab yangi funksiyani (sinov rejimida) ishga tushiradi. Bu funksiya mijozlarga, belgilangan limit doirasida, xorijiy valyutani o‘zbek so‘miga avtomatik tarzda konvertatsiya qilish imkonini beradi (FCY → LCY), Bank tomonidan qo‘lda tasdiqlash talab qilinmasdan.

Ushbu funksiyaning asosiy shartlariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

•    Internet-bank tizimi (iDBA) orqali xorijiy valyutani 200,000.00 (AQSH dollari, Evro, Xitoy yuani yoki Rossiay rubli) miqdorigacha sotish va o‘zbek so‘mida hisobga o‘tkazish topshirilgan arizalar avtomatik ravishda qayta ishlanadi.
•    Mijoz tomonidan iDBA tizimida operatsiya tasdiqlangandan so‘ng (holat: «Bankga yuborildi»), tranzaksiyani bekor qilish imkonsiz bo‘ladi.
•    Tegishli valyuta hisobida operatsiyani amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, ariza avtomatik ravishda rad etiladi (holat: «Bank tomonidan rad etildi»). Hisobni to‘ldirilgandan so‘ng mijoz yangi ariza topshirishi mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot va savollar bo‘yicha, iltimos, Mijozlarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga yoki sizga biriktirilgan Mijozlar bilan ishlash Menejeriga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Hurmat bilan,

AО “KDB Bank O‘zbekiston”