Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish choralariga qat’iy rioya qilish
Hurmatli Mijozlar,
2020 yil 16-iyul kuni KDB Bank O’zbekiston (keyingi o'rinlarda «Bank») Bosh Ofisi xodimlaridan birining
Covid-19 uchun topshirgan testi «musbat» natija berganligi ma'lum bo’ldi. Ushbu xodim 29 iyun kunidan
beri o’z uyida masofadan turib ishlashga o’tkazilgan.
O'zbekiston Respublikasida karantin davri boshlanganidan beri Bank infeksiya tarqalishini oldini olish
uchun barcha zarur choralarni ko'rib kelmoqda. Jumladan, bankda xodimlar xavfsizligi hamda uzluksiz ish
faoliyatini ta’minlash uchun maksimal darajada xodimlarni masofadan turib ishlashga o’tkazish tashkil
etilgan va haftaning har dam olish kunlarida bank binosi Sanitariya-Epidemiologiya Xizmati tomonidan
dezinfeksiya qilinmoqda.
Covid-19 testi «musbat» natija bergan bank xodimi infeksiya aniqlangunga qadar 15 kundan ortiq
muddat davomida masofadan turib ishlab kelayotganligini inobatga olgan holda, Bank Bosh Ofisi hamda
Banking Yakkasaroy va Yunusobod filiallari odatdagidek ishlashda va mijozlarga xizmat ko’rsatishda
davom etadi.
Shu o’rinda, mijozlarga amaldagi karantin sharoitlaridan kelib chiqib, ularning Bankimiz Bosh Ofisi va
filiallari binolariga tashriflari sonini kamaytirish uchun mavjud elektron tizimlardan keng foydalanish,
shuningdek, profilaktika choralariga hamda niqob rejimiga doimiy amal qilish zarurligini eslatib o'tamiz.
O’z navbatida barchani koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish choralariga qat’iy rioya
qilishga chaqiramiz.
O’zingizni va yaqinlaringizni asrang,
Hurmat bilan,
«KDB Bank O’zbekiston» AJ