Ajratilgan kreditlarning qaytarilish muddatlarini uzaytirish yuzasidan

Hurmatli bankimiz mijozlari,

Hozirgi kunda COVID-19 koronavirus infeksiyasi dunyo bo’ylab tarqalib, xalqaro iqtisodiyotda salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’layotgani, hamda Respublikamiz hukumatining ushbu infeksiya tarqalishi oqibatida mamlakat iqtisodiyotida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarni yumshatish yuzasidan tavsiyalarini inobatga olgan holda, Bankimiz tomonidan ajratilgan kreditning qaytarilish muddatini uzaytirish masalasi qarzdor korxonaning yozma murojaatiga asosan, har bir kredit bo’yicha alohida yondoshgan holda ko’rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

Ushbu masala yuzasidan telefon (78-140-56-66, 78-140-56-67) orqali batafsil ma’lumot olishingiz yoki info@kdb.uz elektron pochta manziliga murojaat yo’llashingiz mumkin.