“Office.Net Uzbekistan” tizimi orqali masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish to'xtatilinishi to'g'risida batafsil ma'lumot .
Ushbu bilan “KDB Bank O`zbekiston” AJ (keying o`rinlarda “Bank” deb yuritiladi) 2022-yil 1-yanvardan boshlab “OfficeNet Uzbekistan” tizimi (keyingi o`rinlarda ”OfficeNet”) orqali masofaviy bank xizmatlarini ko`rsatish to`xtatilinishi haqida xabar beradi.
Sizga ma’lumki, joriy yil boshida KDB Bank O’zbekiston o’z mijozlariga masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida qator qulayliklarga ega bo’lgan hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi tizim - “Internet Banking IDBA” tizimini amaliyotga joriy etgan va ushbu tizimdan Bankning barcha mizojlari foydalanish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, “Internet Banking IDBA” tizimi joriy etilishi munosabati bilan avvalgi “OfficeNet” tizimini texnik va moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash ishlari yakunlandi, hamda Bank mijozlari va keng omma bu haqida joriy yil boshida xabardor qilingan edi.
OfficeNet tizimi orqali xizmat ko`rasatish to`xtatilinishi munosabati bilan, sizdan moliyaviy operatsiyalaringizni 2022 yil 1 yanvardan e`tiboran “Internet Banking IDBA” tizimiga ulanish orqali o`tkazilishini ta`minlash uchun xizmat ko`rsatish shartlari bilan tanishib chiqishingizni hamda Bankimiz tomonidan o`rnatilgan tartibda “Internet Banking IDBA” tizimiga ulanishingizni so`raymiz.
“KDB Bank Uzbekistan” AJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi va fursatdan foydalanib, ko`p yillik samarali mehnatingiz va hamkorligingiz uchun sizga chuqur hurmat va minnatdorchilik izhor etadi.