Pensiya, ish haqi va boshqa to’lovlarni plastik kartalarga o’tkazilishi
Hurmatli Mijozlar,
Xabaringiz bor, bugungi kunda naqd ko’rinishdagi pullar COVID-19 koronavirus infeksiyasining tashuvchilaridan biri hisoblanadi va virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashaydi.
Amaldagi karantin sharoitlaridan kelib chiqib, shuningdek koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida 2020 yil 14 apreldan boshlab pensiyalar, ish haqi va boshqa to'lovlar to’liqligicha plastik kartalarga o'tkaziladi.
Sizdan to'lov hujjatlari, shuningdek ish haqi va boshqa to'lovlarni o’tkazish bo’yicha arizani Bankka taqdim etishingizda yuqorida aytib o’tilgan talablarni inobatga olishingizni so'raymiz.
Ushbu choralar COVID-19 virusi yuqtirilishni oldini olish uchun hamda siz va atrofdagilar salomatligini o’ylagan holda amalga oshirilmoqda.
Tushunganingiz va hamkorlik qilganingiz uchun tashakkur.
O'zingizni va yaqinlaringizni asrang!