Norezident jismoniy shaxslarni xizmat ko‘rsatishga qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxati
Norezident jismoniy shaxslarni xizmat ko‘rsatishga qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi:
1. O‘zbekiston Respublikasida berilgan Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JShShIR).
2. Bankda asosiy hisobraqami mavjud bo‘lgan tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki kamida bir oy davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hisobvaraq ochish/kartani emissiya qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish jarayonida Bank, shuningdek, ichki nazorat qoidalari va “Mijozingizni biling” tartib-qoidalariga muvofiq “mijozni lozim darajada tekshirish”dan o'tkazadi. Agar talab qilingan ma'lumotlar taqdim etilmasa yoki mijozning shaxsini tasdiqlash, uning hisobraqamiga kelib tushadigan mablag'lar manbasini va/yoki bank operatsiyalarini amalga oshirishdan maqsadlarini aniqlashning imkoni bo'lmasa, Bank hisobraqam ochish/kartani emissiya qilishni rad etishga haqli.
Xizmat ko'rsatishga qabul qilingandan so'ng ham Bank muntazam ravishda mijozni identifikatsiya qilib boradi. Agar mijoz yangilangan ma'lumotlarni taqdim qilmasa yoki mijozning shaxsini qayta tasdiqlash, uning hisobraqamiga kelib tushuvchi mablag'lar manbasini va/yoki bank operatsiyalarini amalga oshirish maqsadlarini aniqlashning imkoni bo'lmasa, Bank xizmat ko'rsatishni rad etishdan tortib to bank xizmatlari shartnomasini bir tomonlama bekor qilishga haqli.
Zaruriyat bo'lsa, maslahat olish uchun mijozlar bilan ishlash menejerlari bilan bog'lanishingizni so'raymiz.