“KDB Bank O‘zbekiston”ning kredit reytingi “BB+” darajasiga oshirildi

S&P Global Ratings agentligi tomonidan “KDB Bank O‘zbekiston” AJning uzoq muddatli kredit reytingi “BB” (barqaror) darajasidan “BB+” (barqaror) darajasiga oshirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Kredit reytingining oshirilishi Bankning moliya bozoridagi nufuzini yanada mustahkamlash, moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda mijozlar va biznes hamkorlari bilan uzoq muddatli, ishonchli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Batafsil ma’lumot bilan S&P Global Ratings ning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.