KDB Inha universiteti o'rtasida 5 yillik anglashuv memorandumi imzolandi
15.11.2019
15-noyabr kuni KDB Bank Uzbekistan AJ raisi Jong Son Kim va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov inson resurslari va axborot texnologiyalari sohasida o'zaro anglashuv va hamkorlik to'g'risida memorandum imzoladilar.
5 yil davomida imzolangan memorandumga binoan KDB Bank O'zbekistan va IUT iqtidorli talabalar va bitiruvchilarni qo'llab-quvvatlash va ish bilan ta'minlash, IT va biznes imkoniyatlari bilan o'rtoqlashish, IT tizimi va KDB Bank Uzbekistan dasturini rivojlantirish, bank xodimlari uchun o'quv dasturlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar.