"KDB Bank O'zbekiston" AJ bankining ijtimoiy tarmoqlardagi ishonchli ma'lumot manbalari

Hurmatli "KDB Bank O'zbekiston" AJ mijozlari va hamkorlari,

So'nggi paytlarda tijorat banklarining nomi, ramzlari (logotip) va an'anaviy rang usullaridan foydalangan holda moliyaviy firibgarlik holatlari ko’p uchrayapti. Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida,  "KDB Bank O'zbekiston" AJ bankining ijtimoiy tarmoqlardagi ishonchli ma'lumot manbalari - t.me/kdbuzbekistan telegram kanali va t.me/KDBBankUz telegram boti, ekanligini ma’lum qiladi.

Shu munosabat bilan biz faqat yuqoridagi ma'lumot manbalaridan foydalanishingizni so'raymiz. Ijtimoiy tarmoqlarda bankimiz nomi, ramzlari (logotip) va an'anaviy rang usullaridan foydalangan holda yaratilgan boshqa akkauntlarning faoliyati uchun "KDB Bank O'zbekiston" AJ javobgar emasligi haqida sizni ogohlantiramiz.

O'zingizga va yaqinlaringizga g'amxo'rlik qiling!

 

Hurmat bilan,

AJ "KDB Bank O'zbekiston"