Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga munosabat

RASMIY BAYONOT
Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida Koreya Taraqqiyot Banki (Koreya Respublikasi) “KDB Bank O‘zbekiston” AJdagi ulushini sotishni rejalashtirayotganligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Koreya Taraqqiyot Banki o‘zining xorijdagi filiallari va sho‘ba banklari, jumladan, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ faoliyatiga doir strategik masalalarni qayta ko‘rib chiqishni davriy ravishda amalga oshirishini ta’kidlaymiz.
Shu bilan birga, Koreya Taraqqiyot Banki tomonidan “KDB Bank O‘zbekiston” AJdagi ulushini sotish to‘g‘risida hech qanday qaror qabul qilinmaganligini ma’lum qilamiz.
“KDB Bank O‘zbekiston” AJ Koreya Taraqqiyot Bankining xorijdagi muhim sho‘ba banklaridan biri bo‘lib, u Koreya Taraqqiyot Bankining doimiy ko‘magi ostida o‘z faoliyatini odatdagidek muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Bank O‘zbekiston moliya sektorining rivojlanishiga hissa qo‘shish hamda mijozlarga ishonchli va yuqori sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi strategik maqsadlariga sodiq qoladi.
Bizga bildirayotgan doimiy ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz!