Yaponiya iyenasi (JPY) to‘lov topshiriqnomalari ijrosi haqida ma’lumot
24.04.2026

Hurmatli Mijozlar,
Yaponiyada rasmiy bayram kuni munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Yaponiya iyenasi (JPY) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
∙ 29.04.2026 - Yaponiya iyenasidagi (JPY) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (JPY /UZS) valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan,
«KDB Bank Uzbekistan» AJ