Bayramlardan oldingi qisqartirilgan ish kuni haqidagi axborot xabari.

Hurmatli mijozlar,

 

Ushbu bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ 2026-yil 19-martdagi (bayram oldi qisqartirilgan ish kuni) ish jadvali haqida ma’lum qiladi:

 

Kassa xizmati va ayirboshlash shoxobchasi - 16:00 gacha

Xorijiy valyutadagi to‘lovlar (shu jumladan iDBA tizimi orqali yuborilganlar) - soat 15:30 gacha

Ish haqi hisob-kitob qaydnomalarini qabul qilish - soat 16:30 gacha

Xorijiy valyutani sotib olish va sotish uchun hujjatlarni qabul qilish - soat 15:30 gacha

Milliy valyutadagi to‘lovlar - kechayu kunduz amalga oshiriladi.

 

∙ 2026-yil 20 - mart Hayit bayrami kuni.

∙ 2026-yil 21 - mart Navro'z bayrami kuni.

∙ 2026-yil 23 - mart Navro’z bayrami munosabati bilan ko‘chirilgan dam olish kuni.

∙ 2026-yil 24 - martdan boshlab barcha to‘lov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.

 

Iltimos, hisob-kitoblarni rejalashtirishda va bankka tashrif buyurishda ushbu xabarni hisobga olishingizni so‘raymiz.

 

Yorqin bayramlari — Ramazon Hayit va Navruz arafasida «KDB Bank O‘zbekiston» AJ jamoasi siz va aziz oilalaringizni chin qalbimizdan samimiy tabriklaydi!

Ushbu muqaddas va ulug‘ kunlar uyingizga intizorlik bilan kutilgan iliqlik, sof quvonch va haqiqiy yangilanishning sehrli tuyg‘usini olib kirsin.

Ko‘p yillar davomida o‘z orzularingiz, rejalaringiz va kundalik tashvishlaringizni bizga ishonib topshirib kelayotganingizni chin dildan qadrlaymiz va buni o‘zimiz uchun katta sharaf deb bilamiz.

 

Eng chuqur hurmat va eng samimiy baxt tilaklari bilan,

«KDB Bank Ozbekiston» AJ