«Internet Banking iBANK» (“Eski Amaliyot”) tizimi orqali masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish to’xtatilinishi to’g’risida ma’lumot
Ushbu bilan “KDB Bank O`zbekiston” AJ (keying o`rinlarda “Bank”) 2022-yil 14-fevraldan boshlab masofaviy bank xizmatlarini ko`rsatishga mo`ljallangan «Internet Banking iBANK» (keying o`rinlarda “Eski Amaliyot”) tizimidan foydalanish to`xtatilayotganligini ma`lum qiladi.
Avval xabar qilinganidek, shu yilning boshida Bank tomonidan “Eski Amaliyot” tizimiga nisbatan ko`proq afzalliklarga ega bo`lgan masofaviy bank xizmatlarini ko`rsatishga mo`ljallangan yangi tizim – “Internet Banking IDBA” joriy qilindi va mijozlarga taklif etildi.
“Eski Amaliyot” bo`yicha xizmat ko`rsatishning tugatilishi munosabati bilan Sizdan moliyaviy operatsiyalaringizning uzilishlarsiz va bir maromda davom etishini ta`minlash maqsadida masofaviy bank xizmatlarini ko`rsatishga mo`ljallangan yangi tizim “Internet Banking IDBA” ning xizmat ko`rsatish shartlari bilan tanishib chiqishingizni va bu tizimga ulanishingizni so`raymiz.
Qo`shimcha ma`lumotlar olish uchun yoki savollaringiz bo`lsa, Mijozlarga Xizmat Ko`rsatish Bo`limiga yoki Mijozlar bilan ishlash Menejeringizga murojaat qilishingiz mumkin.
“KDB Bank O`zbekiston” AJ turli noqulayliklar uchun uzr so`raydi hamda ushbu fursatdan foydalangan holda Sizga uzoq muddatli va samarali hamkorlik uchun chuqur hurmat va minnatdorchilik izhor etadi.