Birlashgan Arab Amirliklari dirhamidagi (AED) to'lov topshiriqnomalari ijrosi bo'yicha ma'lumot.

 

Hurmatli Mijozlar,

 

Birlashgan Arab Amirliklarida bayram kunlari munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Birlashgan Arab Amirliklari dirhamidagi to'lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:

 

∙     02.12.2024 va 03.12.2024 kunlari to'lov topshiriqnomalari va konvertatsiya qilish bo'yicha arizalar qabul qilinmaydi (o'zbek so‘mini AQSh dollariga yoki AQSh dollarini o'zbek so'miga konvertatsiya qilish bo'yicha arizalar bundan mustasno);

 

∙    04.12.2024 dan boshlab barcha to'lov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.

 

Hisob-kitoblarni Birlashgan Arab Amirliklari dirhamida (AED) amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e'tibor qaratishingizni so'raymiz.