Birlashgan Arab Amirliklari dirhamidagi (AED) to'lov topshiriqnomalari ijrosi bo'yicha ma'lumot.
20.05.2026

Hurmatli Mijozlar,
Birlashgan Arab Amirliklarida bayram kunlari munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Birlashgan Arab Amirliklari dirhamidagi (AED) to'lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 2026 yil 26, 27, 28 va 29 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklari dirhamidagi (AED) mablag’larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi.
Birlashgan Arab Amirliklari dirhamida (AED) hisob-kitoblarni rejalashtirayotganingizda ushbu xabarga e'tibor qaratishingizni so'raymiz.
Hurmat bilan,
«KDB Bank Uzbekistan» AJ