27.05.2024 da AQSh dollari va Angliya funt sterling valyutasi to'lovlari haqida ma'lumot
22.05.2024
Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O'zbekistan” AJ quyidagi jadvalga muvofiq to‘lov topshiriqnomalarini AQSh dollari va Angliya funt sterlingida qabul qiladi:
* 27.05.2024 - toʻlov topshiriqnomalari va konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi (o’zbek so’mini xorijiy valyutaga yoki xorijiy valyutani o’zbek so’miga konvertatsiya qilish arizalari bundan mustasno);
* 28.05.2024 dan boshlab barcha toʻlov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.
Hisob-kitoblarni AQSh dollari va Angliya funt sterlingida rejalashtirishda ushbu xabarni hisobga oling.