Xorijiy valyutalardagi (CNY/CNH, INR va KRW) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot.

Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 02.10.2026 - Xitoy yuani (CNY/CNH) va Hind rupiyasida (INR) dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi;
• 05.10.2026 - Xitoy yuani (CNY/CNH) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi;
• 06.10.2026 va 07.10.2026 – Xitoy yuani (CNY/CNH) dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi.
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan,
«KDB Bank Uzbekistan» AJ