KDB Bank O’zbekiston AJ jismoniy shaxslar uchun Internet Banking iDBA

KDB Bank O’zbekiston AJ jismoniy shaxslar uchun Internet Banking iDBA yangi masofaviy bank xizmatlarini ishga tushirdi.

 Yangi tizim imkoniyatlari:

- hisobvaraqlar va bank kartalaridagi mablag’larni boshqarish (bayonnoma, to’lov tarixi)

- So’m va chet el valyutasida o’tkazmalarni amalga oshirish (Bankdagi o’zining hisobvaraqlari orasida) 

- Rekvizitlar bo’yicha So’mda o’tkazmalarni amalga oshirish (boshqa Bankdagi hisobvaraqlarga) 

- Konversiya amaliyotlarini amalga oshirish (So’mni chet el valyutasiga, chet el valyutasini So’mga)

- Qo’shimcha hisobvaraqlarni ochish

- Bankka so’rov va arizalarni yuborish

- Byudjetga to’lovlarni amalga oshirish

- Jarimalarni to’lash (MUNIS orqali)

- Kreditlar to’g’risida ma’lumot olish (to’lash jadvali, to’lov tarixi).

 Chiquvchi o’tkazmalar, foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish uchun arizada ko’rsatilgan mijozning mobil telefoniga yuborilishi shart bo’lgan SMS-kod bilan tasdiqlanadi. 

 Internet Banking iDBA ga ulanish va foydalanish bepul.

 Ulanish uchun:

1) Bankning veb sahifasiga joylashtirilgan Ommaviy oferta shartlari bilan tanishish;

2) Bankning qulay bo’lgan filialiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan borish;

3) Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish uchun arizani to’ldirish;

4) Bank xodimidan login va vaqtinchalik parolni Ariza nusxasi bilan birga olish;

 

 

Internet Banking iDBA ga bosh sahifadagi quyidagi havola ib.kdb.uz orqali kirishingiz mumkin.