“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “KDB Bank O‘zbekistan” AJ reytingini tasdiqladi

KDB Bank O‘zbekiston o‘zining uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini “BB-/B” darajasida saqlab qolganligi “S&P Global Ratings” tomonidan tasdiqlandi. Bank istiqboli barqaror bo‘lib qolmoqda, bu o‘z o‘rnida KDB Bank O‘zbekistonning izchil faoliyati va strategik yo‘nalishiga ishonchni aks ettiradi.

Asosiy jihatlar:

  •     Reytingni tasdiqlash: “S&P Global Ratings” KDB Bank O‘zbekistonning uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini “BB-/B” darajasida tasdiqladi.
  •     Barqaror prognoz: Prognoz barqarorligicha qolmoqda, bu esa S&P KDB Bank O‘zbekistonning kelgusi 12-18 oy davomida o‘zining joriy kredit qobiliyatini saqlab qolishini kutayotganidan dalolat beradi.
  •    Mustahkam kapitallashuv: KDB Bank O‘zbekistonning kreditga layoqatlilik xususiyatlari (stand-alone credit profile, SACP) “bb-” dan “bb” ga ko‘tarildi. Bu yaxshilanish, asosan, Bankning mustahkam kapitallashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, uning ishonchli moliyaviy boshqaruvi va strategik kapital yig‘ishining natijasidir.

S&P tomonidan KDB Bank O‘zbekiston reytinglarini “BB-/B” darajasida tasdiqlanishi Bankning barqaror operatsion faoliyati va barqaror moliyaviy istiqbollarini ko‘rsatadi. SACPning “bb” darajasiga ko‘tarilishi KDB Bank O‘zbekistonning kapitalni mustahkamlash, Bankni barqaror o‘sish hamda moliyaviy barqarorlikni oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlaridan dalolatdir.

KDB Bank O‘zbekiston risklarni boshqarishning oqilona amaliyotiga rioya qilgan holda o‘z aksiyadorlar manfaati yo‘lida o‘z faoliyati olib borishda davom etmoqda. Reytinglarning tasdiqlanishi va SCAPning ko‘tarilishi Bankning e’tibori mustahkam moliyaviy poydevorni saqlash va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishga qaratilganligini tasdiqlaydi.