BOSHQARUV RAISINING KORRUPSIYAGA QARSHI BAYONOTI

Hurmatli mijozlar, hamkorlar va hamkasblar,

«KDB Bank O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyati jamoasi muvaffaqiyatli va barqaror bank faoliyatining negizi nafaqat professionalizm, balki halollik, oshkoralik va etik xulq-atvor deb biladi. Bankimizning obro‘si yillar davomida shakllantirildi va biz bu obr‘o negizida har bir qadam, qaror va o‘zaro hamkorlik orqali erishilgan ishonch borligidan faxrlanamiz. Ishonamizki, faqat halollik va mas'uliyat tamoyillariga rioya qilish uzoq muddatli muvaffaqiyat va farovonlikni ta'minlaydi.

Korrupsiya va poraxo‘rlik nafaqat tashkilotlarga, balki butun jamiyatga jiddiy zarar yetkazadi, ishonchni susaytiradi va davlat tuzilmalarini zaiflashtiradi. Shu bois biz har qanday shakldagi korrupsiyaga qarshi «nol bardoshlik» siyosatiga amal qilamiz. Bu shunchaki bayonot emas, balki bizning majburiyatimizdir va har birimiz, lavozimimizdan qat’iy nazar, o'z faoliyatimizda halollik va javobgarlikning eng yuqori standartlariga rioya qilishga mas'ulmiz.

Men mijozlarimiz, hamkorlarimiz va xodimlarimiz uchun har qanday qoidabuzarliklar haqida anonim va oqibatlari haqida xavotirlanmasdan xabar qilish imkonini beruvchi tizim yaratganimizdan faxrlanaman. Ichki nazorat, shaffof hisobot kanallari va xodimlar malakasini doimiy ravishda oshirish tizimi bankimizni barcha uchun ishonchli va xavfsiz hamkor sifatida namoyon etib kelmoqda.

Men shaxsan korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘rnatilgan tartiblarga amal qilish madaniyatini saqlashga bo‘lgan majburiyatimiz o‘zgarishsiz qolishini tasdiqlayman. Biz o‘z faoliyatimizni yanada shaffof qilishda, etik standartlarni qo‘llab-quvvatlashda va mahalliy hamda xalqaro normalar va standartlarga mos mas’uliyatli biznesni yuritishda davom etamiz.

Har biringizni nafaqat professional sohada halollik prinsiplariga amal qilishga, balki kundalik hayotingizda ham halol va talabchan bo‘lishga chaqiraman. Faqat qonunga hurmat va adolatli xatti-harakatlar orqali biz jamiyat ishonchini saqlab qolishimiz va adolatli hamda halol jamiyat  rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.

Hurmat bilan,

Lee Young Lok
Boshqaruv Raisi
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ