Aktsiyadorlarning 2021 yilgi 3-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
«KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Kengashi 2021 yil 24 noyabr kuni soat 11:00 da Oʼzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buxoro koʼchasi, 3-uy manzili boʼyicha joylashgan «KDB Bank Oʼzbekiston» АJ 4-qavat majlislar zalida Аktsiyadorlarning 3-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtishi haqida maʼlum qiladi.
Аktsiyadorlarning 2021 yilgi 3-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi
KUN TАRTIBI:
1. Oʼtgan yillardagi taqsimlanmagan foyda hisobidan pul shaklida dividendlarni toʼlash masalasini koʼrib chiqish;
2. Kundalik xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq bank operatsiyalarini tasdiqlash.
2021 yil 29 oktyabr holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan aktsiyadorlarga «KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Аktsiyadorlarning 3-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi toʼgʼrisida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.
2021 yil 18 noyabr holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan aktsiyadorlar «KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Аktsiyadorlarning 3-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida qatnashish huquqiga egadirlar.
«KDB Bank Oʼzbekiston» АJ Аktsiyadorlarning 3-navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida roʼyxatdan oʼtish uchun aktsiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.
Аktsiyadorlarning roʼyxatga olishni boshlash vaqti: 10:30