15.05.2024 da KDB Bank O’zbekiston AJ tomonidan “Korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi

Korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar treningi

15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi delegatlari bilan hamkorlikda “KDB Bank O’zbekiston” AJ tomonidan “Korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Asosiy ma’ruzachi Nodira S. o’z nutqida korruptsiya va korruptsiyaga qarshi tashabbuslar bo‘yicha faoliyat olib boradigan asosiy xalqaro va mahalliy hokimiyat organlari hamda qoidalarni qamrab oldi. Shuningdek, korrupsiyaning ko'plab shakllari, xavf-xatarlarni baholash, global tajribaga asoslangan oldini olish strategiyalari, tegishli qoidalar va tartiblarni yaratish va ulardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Qatnashuvchilar korruptsiya nafaqat iqtisodga balki jamiyatga ham salbiy ta’sir o’tkazishi haqida ma’lumotlar olishdi.

Butun tadbir interaktiv formatda o'tkazildi. Xodimlarimiz va korruptsiyaga qarshi kurash agentligidan kelgan mehmonlar o'zlarini qiziqtirgan mavzular bo'yicha faol suhbat va munozaralar olib bordilar.

 

Biz O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga bu borada faol ishtirok etgani uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va Bankimizda halollik va ochiqlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni davom ettirishga intilamiz.