Visa Infinite kartasi ushbu ajoyib kartaning barcha afzalliklaridan bahramand bo'la oladigan egalarining yuqori mavqeini ta'kidlaydi.

Visa Infinite kartasida quyidagi qo’shimcha qulkayliklar mavjud:

*Consierj xizmati - Visa Infinite karta egalari dunyoning istalgan nuqtasidan istalgan vaqtda turli xil xizmatlardan foydalanishga imkon beruvchi qo'llab-quvvatlash xizmati. Bu o’z vaqtini to’g’ri taqsimlashni xush ko’ruvchi va ko'p sayohat qilganlar uchun qulay xizmatdir.

Visa Infinite kartasi bilan Lounge Key dasturi doirasida biznes zallarga bepul kirish imkoniyati mavjud

Kartangizni taqdim etish orqali siz dunyo bo'ylab yiliga 6 marotaba 1000 dan ortiq biznes-zallarga tashrif buyurishingiz mumkin. Biznes zaldan foydalanish uchun, kirish paytida zal xodimlariga LoungeKey a'zosi ekanligingizni xabar qiling, shuningdek sizga samolyotga chiqish uchun ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak. Kartadagi, samolyotga chiqish chiptasidagi va hujjatdagi ism bir-biriga mos kelishi kerak. Agar karta egasining kartasi faol bo'lsa va bepul tashriflar mavjud bo'lsa, tashrif xonasini (32 dollar) to'lamasdan biznes zalga tashrif buyurishingiz mumkin.

Har bir zalning joylashgan joyi va sharoitlari to'g'risida  malumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

//www.loungekey.com/visacisseeloungeprogram

Visa Infinite kartasi egalarida sayohat davrida 1 million dollargacha bo'lgan to'liq xalqaro sug'urtasi bo’ladi

 (Ushbu sug’urta turida Visa Infinite karta egalari va ular bilan birga sayohat qilayotgan oila a'zolari uchun sug'urta qoplamasi miqdori to’lab berilishi uchun, sayohat harajatlarinig kamida 50% Visa Infinite kartasi orqali amalga oshirilgan bo’lishi kerak)

 Xaridlarni himoya qilish va kengaytirilgan kafolat dasturlari

Xaridlarni himoya qilish karta orqali amalga oshirilgan xaridlarning yo'qolishi, o'g'irlanishi yoki buzilishi holatlarida sug'urta tovonini olish imkoniyatini beradi. Sug’urta to’lovi karta egasiga mahsulot sotib olingan kundan boshlab 90 kun ichida to'lanadi. Sug'urtalangan xaridning minimal qiymati QQS bilan 100,00 AQSh dollarini tashkil etadi.

Kafolatni uzaytirish xizmati karta orqali xarid qilingan tovarlarga ishlab chiqaruvchining kafolat muddatini ikki yilgacha uzaytirish imkonini beradi.

Xaridlarni himoya qilish va kengaytirilgan kafolat xizmatlari barcha Visa Infinite kartalari egalariga Visa Infinite kartasi bilan tovarlarning to'liq narxini to'lash sharti bilan taqdim etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot: //cardholderbenefitsonline.com/

 

VISA INFINITE kartalari imtiyozlari va aksiyalari bilan tanishish uchun quyidagi havola orqali o’tishingiz mumkin:

//cis.visa.com/visa-in-uzbekistan/cis-uz/infinite.html

  1. Ariza
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  3. Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
 
  1. Visa kartalarini ochish - 17:00 gacha;
  2. Visa kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
  3. Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.

1

Karta emissiyasi

Bepul

2

Oylik to‘lov

8 AQSh doll.

3

Sug‘urta depoziti

200 AQSh doll.

4

Kartaning amal qilish muddati tugagandan keyin qayta emissiyalash

Bepul

5

Boshqa sabablarga ko‘ra kartani qayta emissiyalash

150,000 ming so’m

6

Tovar va xizmatlar uchun to‘lov

Summadan 0,2%

7

Boshqa banklarda naqd pul yechish (ATM va POS qurilmalar)

Summadan 1,5%, kamida 2 AQSh doll.