Kreditlash
«KDB Bank Uzbekiston» O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korporativ mijozlarga milliy valyuta (UZS) va AQSh dollari (USD)da kredit mahsulotlarini taklif etadi.
Xorijiy moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar (jumladan, KDB Seul) AQSh dollarida berilayotgan kreditlarninng manbai bo’lib xizmat qilmoqda.
Kredit Mahsulotlari:
Shartlar va Ko'rsatmalar
Talablar
Bank ketma-ket 2 (ikki) moliyaviy yil davomida zarar ko‘rgan va moliyaviy holati zaif bo‘lgan kompaniyalarga kredit ajratmaydi.
Zarur Hujjatlar:
Eslatma: Bank tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha va mijozning biznesining tabiati bo'yicha qo'shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Garov narsasini kreditning asosiy qarzi qoldigʻiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki almashtirish tartibi Mijoz yoki garovga qo‘yilgan mol-mulkning egasi (garovga qo‘yuvchi) garovga qo‘yilgan mol-mulkini bosqichma-bosqich garovdan chiqarish (yetarlicha qoplash koeffitsientini saqlab qolgan holda) yoki garov narsasini almashtirish (hamon yetarlicha qoplash koeffitsientini saqlab qolgan holda) uchun Bankka (garovga oluvchiga) ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Mazkur ariza Bank tomonidan 30 (o‘ttiz) kundan ortiq bo‘lmagan muddat davomida ko‘rib chiqilishi lozim.
Garovni bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki uni almashtirish Kredit qo‘mitasining qarori bilan amalga oshiriladi va qarori haqida mijozga 3 (uch) ish kuni mobaynida xabar beriladi. Arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, rad etishning sabablari yuzasidan xabar qilinadi.
Istisno holatlarda kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish
“Bank xizmatlari iste`molchilari bilan o`zaro munosabatni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo`yiladigan minimal talablar to`g`risida”gi Nizomga (Adliya vazirligi tomonidan 02.07.2018 y. 3030-son bilan ro`yxatga olingan) asosan:
Bank moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan hamda yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari tufayli o‘z vaqtida kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan iste’molchi (mijoz)larning amaldagi kreditlari bo‘yicha kredit shartnomasi shartlarini o‘rnatilgan tartibda qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bunda kredit to‘lovlari muddatini uzaytirish, kredit foiz stavkasini qayta ko‘rib chiqish, kredit to‘lovlari kechiktirilganligi tufayli neustoykalar miqdorini kamaytirish singari shartnoma shartlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Amaldagi kredit shartnomasi shartlarini qayta ko‘rib chiqishga quyidagi holatlar asos bo‘ladi:
Yuqoridagi ro‘yxatda qayd etilgan holatlar yuzaga kelganligi munosabati bilan iste’molchi tomonidan taqdim etilgan hamda kredit to‘lovlari muddatini uzaytirish, kredit foiz stavkasini qayta ko‘rib chiqish, kredit to‘lovlari kechiktirilganligi tufayli neustoykalar miqdorini kamaytirish singari shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish so‘ralgan ariza Bank tomonidan 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddat davomida ko‘rib chiqilishi lozim.
Bunda arizaga yuqoridagi ro‘yxatda qayd etilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar (o‘lim guvohnomasi, mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq, kasallik varaqasi hamda vakolatli davlat idorasi tomonidan berilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan yengib bo‘lmas kuchlar (fors major) holatlarini tasdiqlovchi sertifikat”) ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar va boshqa ma’lumot bazalari asosida Bankning mas’ul boshqarmalari iste’molchi (mijoz)ning haqiqatdan ham to‘lov qobiliyatiga ega yoxud ega emasligini asosiy mezon sifatida tahlil qiladi hamda tahlil natijalari yuzasidan hisobotni Kredit qo‘mitasiga taqdim etadi.
Mazkur masala yuzasidan Kredit qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida iste’molchi (mijoz) 3 (uch) ish kuni mobaynida xabardor qilinadi. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, taraflarning kelishuviga ko‘ra kredit shartnomasi hamda uning ilovalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritiladi. Arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda esa, iste’molchi (mijoz) rad etishning sabablari yuzasidan xabardor qilinadi.
Shu jumladan, Bank tomonidan, homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqanligi bois to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagan ayollarning amaldagi kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddatini o‘n oygacha uzaytirish masalasi ularning arizasiga muvofiq yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.