Xorijiy valyutalaridagi (USD, EUR, GBP, CNY/CNH, JPY, CHF, AED, RUB, KRW va KZT) to‘lov topshiriqnomalari ijro jadvali haqida ma’lumot xabari

Hurmatli Mijozlar,

Tegishli davlatlarda belgilangan dam olish kunlari munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalardagi (USD, EUR, GBP, CNY/CNH, JPY, CHF, AED, RUB, KRW va KZT) mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:

·      2025-yil 24-dekabr - EUR/RUB, USD/RUB va CNY/RUB valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalarni odatiy tartibda qabul qilishning oxirgi kuni bo‘lib, ijro 2025-yilda amalga oshiriladi.

·     2025-yil 25-dekabr - AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Angliya funt sterlingi (GBP), Xitoy yuani (CNY/CNH), Shveytsariya franki (CHF) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya arizalari ijroga qabul qilinmaydi (USD/UZS, EUR/UZS va CNY/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya arizalari Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin);

·    2025-yil 26-dekabr - Yevro (EUR), Angliya funt sterlingi (GBP), Xitoy yuani (CNY/CNH) va Shveytsariya franki (CHF) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya arizalari ijroga qabul qilinmaydi (EUR/UZS va CNY/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya arizalari Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin);

 ·   2025-yil 26-dekabrdan30-dekabrgacha – Rossiya rublining (RUB) ishtirokidagi konvertatsiya arizalari Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin;

 ·   2025-yil 31-dekabr - AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Angliya funt sterlingi (GBP), Xitoy yuani (CNY/CNH), Yaponiya iyenasi (JPY), Shveytsariya franki (CHF), Birlashgan Arab Amirliklari dirhami (AED), Janubiy Koreya voni (KRW) va Qozog‘iston tengesi (KZT) valyutalaridagi mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya arizalari qabul qilinishining oxirgi kuni bo‘lib, ijro 2025-yilda amalga oshiriladi;

 ·   2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha – Rossiya rublida (RUB) mablag‘larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya arizalari qabul qilinmaydi;

 ·    2026-yil 12-yanvar - Rossiya rublidagi (RUB) mablag’larni o’tkazish va/yoki konvertatsiya arizalarni qabul qilishning birinchi kuni;

Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarida amalga oshirishni rejalashtirishda ushbu xabarni e’tiborga olishingizni so‘raymiz.