03.05.2024 da Buxoro ko‘chasida avtotransport harakatining vaqtinchalik cheklovi

Hurmatli Mijozlar,

“KDB Bank O’zbekistan” AJ, Buxoro ko‘chasida avtotransport harakati vaqtincha cheklanganligini va Amir Temur ko’chasi tarafidan Bank binosiga avtomashinalar bilan kirish imkoni yo‘qligini ma’lum qiladi. Taras Shevchenko ko’chasidan Bank binosi tomon kirish mumkin.

Iltimos, ushbu xabarni ma’lumot uchun qabul qilishingizni va masofaviy bank tizimlaridan foydalangan holda hisob-kitob va operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqishingizni so’raymiz!

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.